Aleksandr Oparin

Aleksandr Ivanovich Oparin (1894.2.3, Uglich shahri — 1980.21.4, Moskva) — rus biokimyogari, akad. (1946). Moskva universiteti professor (1929 yildan), SSSR FA biokimyo instituti direktori (1946— 1980).

Asosiy ilmiy ishlari Yerda hayotning paydo boʻlishi, tirik hujayralarga fermentlarning taʼsiri mexanizmlarini aniqlash va oʻsimliklar xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasi kabi muammolarni hal qilishga qaratilgan. Yerda hayotning paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan nazariyani ilgari surgan (1922). Bu nazariyaga koʻra, Yerda hayotning paydo boʻlishi moddiy tuzilma rivojlanishining qonuniy bosqichi hisoblanadi. Nazariya hozir O.ning kimyoviy nazariyasi deb yuritiladi. Oparin tirik hujayralardagi fermentativ reaksiyalar qaytar harakterga ega ekanligini tushuntirib berdi (1935). O.ning ishlari bir kancha biokimyoviy jarayonlar, xususan, non ishlab chiqarish, sharbatlar tayyorlash, vinochilik, choy va tamaki tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega boʻldi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • Izmeneniye deystviya enzimov v rastitelnoy kletke pod vliyaniyem vneshnix usloviy, M., 1922; Vozniknoveniye jizni na zemli, 5 izd., M., 1980.




Other Languages
Esperanto: Aleksandr Oparin
Bahasa Indonesia: Alexander Oparin
íslenska: Alexander Oparin
македонски: Александар Опарин
Nederlands: Aleksandr Oparin
português: Aleksandr Oparin
srpskohrvatski / српскохрватски: Aleksandar Oparin
Simple English: Alexander Oparin