Akkord

Akkord (lot. accordo – uyg‘unlashtiraman) – turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qo‘shilib sadolanishi. A.larning aksariyati tersiya intervali bo‘ylab joylashgan holda (o‘zgacha holatdagilari ham ana shu tartibda joylashtirilib) tahlil etiladi.Kvinta oralig‘idagi ikki tersiyadan iborat A.– uchtovushlik (3 raqami bilan belgilanadi), unga yuqori yoki pastdan uchinchi tersiya tovushi qo‘shilsa – sep-takkord (7 raqami bilan belgilanadi), unga yana bir tersiya tovushi qo‘shilsa – nonak-kord (9 raqami bilan belgilanadi) deb ata-ladi; mazkur A.lardan musiqa amaliyotida keng foydalaniladi. Barcha A.larning pastki tovushi– asosiy (yoki prima) ton, undan yuqoridagisi – tersiya toni, uchinchisi – kvinta toni, to‘rtinchisi – septima toni, beshinchisi – nona toni deb yuritiladi va ana shu intervallarga mos raqamlar bilan belgilanadi.A.lar tarkiban (katta yoki kichik tersiyalar oldinma-ketin joylashishi jihatidan) bir-biridan farqlanadi. Asosiy tonidan hisoblanganida avval katta, so‘ngra kichik tersiyalardan tuzilgan A.– katta yoki major uchtovushligi, avval kichik so‘ngra katta tersiyalardan tuzilgan A. – kichik yoki minor uchto-vushligi, ikki katta tersiyadan tuzilgani– orttirilgan, ikki kichik tersiyadan tuzilgani – kamaytirilgan uchtovushlik deyiladi. Uchtovushlik va septakkordlar odatda musiqa tovushqatorining muayyan pog‘onalarida tuziladi. Klassisizm davri musiqa amaliyotida I, IV va V pog‘onalarning (tonika, subdominanta va dominanta deb ataluvchi) uchtovushliklari, II, V va VII pog‘onalarning (V7 – do-minant septakkord, VII, – yetakchi) sep-takkordlari keng qo‘llaniladi.A.lar tonlari orasidagi masofaga binoan (tenor-bas oralig‘i bundan is-tisno) tor (kvartagacha) va keng (oktavagacha) joylashgan bo‘ladi. Barcha A.lar dissonans yoki konsonanslik xususiyatiga ega bo‘lib, odatda, birinchi turdagilari konsonansli ko‘ptovushlilarga yechiladi (o‘tadi). Bu narsa (tarang dissonans va xushsadoli konsonans A.lar munosabati) musiqa amaliyoti, avvalo, kompozitorlar ijodi uchun katta badiiy omil vazifasini o‘taydi. Shu boisdan har bir A. faqat funksional (ya’ni u yoki bu ladning mu-ayyan pog‘onasida tuzilgan ko‘ptovushlik sifatida) ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, muhim ifoda vositasi hamdir. A.lardan foydalanish va ularni taxlil etishda ularga tarixan yondashish va u yoki bu ijodiy oqim, uslub hamda an’anani inobatga olish zarur, chunki biror davr (mas, klassitsizm, romantizm, impressi-onizm va hokazo) mezoni boshqa davr mezoniga to‘g‘ri kelmasligi tabiiy.Ad:. Etinger M., Ranneklassicheskaya 263garmoniya, M., 1979;Sposobin I. V., Musiqa shakli, T., 1982.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
العربية: تآلف (موسيقى)
asturianu: Acorde
azərbaycanca: Akkord
беларуская: Акорд
беларуская (тарашкевіца)‎: Акорд
български: Акорд
čeština: Akord
Deutsch: Akkord
Ελληνικά: Συγχορδία
English: Chord (music)
Esperanto: Akordo (muziko)
español: Acorde
eesti: Akord
euskara: Akorde
فارسی: آکورد
suomi: Sointu
français: Accord (musique)
Gaeilge: Corda (ceol)
galego: Acorde
עברית: אקורד
hrvatski: Akord
magyar: Akkord
հայերեն: Ակորդ
Bahasa Indonesia: Akord
日本語: 和音
қазақша: Аккорд
한국어: 화음
Кыргызча: Аккорд
lietuvių: Akordas
latviešu: Akords
македонски: Акорд
Nederlands: Akkoord (muziek)
polski: Akord
português: Acorde
română: Acord (muzică)
русский: Аккорд
srpskohrvatski / српскохрватски: Akord
Simple English: Chord
slovenčina: Akord (hudba)
slovenščina: Akord
shqip: Akordi
српски / srpski: Акорд
svenska: Ackord
тоҷикӣ: Аккорд
Türkçe: Akor
тыва дыл: Аккорд
українська: Акорд
Tiếng Việt: Hợp âm
吴语: 和弦
მარგალური: აკორდი (მუსიკა)
中文: 和弦
文言: 和弦
Bân-lâm-gú: Hô-im
粵語: 和弦