Akif Mexmet

AKIF (Akif) Mexmet (taxallusi; asl ismi Ersoy, Mulla Surat ismi bilan ham tanilgan) (1873 – Istanbul – 1936.27.12) – turk shoiri, publitsist. 1925–35 yillarda Qohirada yashagan, turk adabiyotidan daryo bergan. "Zarralar" (1911), "Sulaymoniya kafedrasida" (1912), "Fotih kafedrasida" (1914), "Xotiralar" (1917), "Asim" (1919), "So-yalar" (1933) asarlarini yaratgan. Ulardagi she’rlari asosan aruzda yozilgan bo‘lib, liro-epik va lirodidaktik tavsifda. A. o‘z asarlarida ko‘proq ijtimo-iy muammolarga e’tiborini qaratadi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga da’-vat etadi. Turkiya "Mustaqillik gimni" (1921)ning muallifi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages