Aholi zichligi

Turli mamlakatlarda aholi zichligi (kishi/km2), 2006

Aholi zichligi birlik maydon yoki hajmdagi aholi miqdoridir. Muhim geografik tushunchalardan biri.[1] Har qanday tirik organizmlar uchun tushunilishi ham mumkin, biroq aholi zichligi deganda asosan faqat odamlar joylashuvi nazarda tutiladi.

Aholi zichligi – muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mam-lakat yoki biror hudud (viloyat, tu-man) aholi sonini shu joy maydoniga (odatda 1 km² ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odam yashaydigan quruqlikda o‘rtacha Aholi zichligi 1 km² ga qariyb 39 kishiga to‘g‘ri keladi (1990-yillar boshi), mas, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada Aholi zichligi juda past – 1 km² ga 2,3 kishi, Mongoliyada – 1,4 kishi (1992). Cho‘l va baland tog‘larda 0,01 dan 1 kishigacha. Rossiya Federatsiyasi da A.3.1 km² ga 8,7 kishi (1990). O‘zbekistonda A.Z. bir km² ga 54,7 kishi to‘g‘ri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan rayonlarda, qariyb 7% maydonini egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan.[2]

Jahon aholisi 7 milliarddan oshiq,[3] Yerning jami maydoni (suv va quruqlik bilan birga) – 510 million kvadrat kilometr.[4] Demak, butunjahon aholi zichligi 7 milliard ÷ 510 million = 13,7 kishi/km2. Agar faqat quruqlik hisobga olinsa (150 million km2), unda butunjahon aholi zichligi – 46,6 kishi/km2 (117.2 per sq. mile). Bunda Antarktida ham hisobga olingan; Antarktidasiz hisoblansa, koʻrsatkich yana oshadi – 50 kishi/km2.[1] Yer yuzining yarmidan ortigʻi (choʻl, togʻ va hk) odamlar yashashi uchun juda noqulay boʻlgani va odamlar asosan suv havzalari yonida yashagani uchun, bu raqamlardan amaliy naf yoʻq.

  • manbalar

Manbalar

  1. 1,0 1,1 Matt Rosenberg Population Density. Geography.about.com. March 2 2011. Retrieved on 2011-12-10.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. U.S. & World Population Clocks. Census.gov. Retrieved on 2011-12-10.
  4. World. CIA World Handbook




Other Languages
Alemannisch: Bevölkerungsdichte
العربية: كثافة سكانية
azərbaycanca: Əhali sıxlığı
башҡортса: Халыҡ тығыҙлығы
žemaitėška: Gīvėntuoju tonkoms
беларуская (тарашкевіца)‎: Шчыльнасьць насельніцтва
বাংলা: জনঘনত্ব
dolnoserbski: Gustosć zasedlenja
Esperanto: Loĝdenso
føroyskt: Fólkatættleiki
客家語/Hak-kâ-ngî: Ngìn-khiéu me̍t-thu
hornjoserbsce: Hustosć zasydlenja
Bahasa Indonesia: Kepadatan penduduk
日本語: 人口密度
Basa Jawa: Kapadhetan
한국어: 인구 밀도
kurdî: Berbilavî
Lëtzebuergesch: Bevëlkerungsdicht
മലയാളം: ജനസാന്ദ്രത
Bahasa Melayu: Kepadatan
مازِرونی: جمعیت انبسی
Plattdüütsch: Inwahnerdicht
Nedersaksies: Bevolkensdichtte
नेपाल भाषा: जनघनत्व
norsk nynorsk: Folketettleik
Runa Simi: Runa ñit'inakuy
davvisámegiella: Čoahkkisvuohta
srpskohrvatski / српскохрватски: Gustoća stanovništva
Simple English: Population density
slovenčina: Hustota zaľudnenia
slovenščina: Gostota prebivalstva
Basa Sunda: Kapadetan populasi
తెలుగు: జన సాంద్రత
тоҷикӣ: Зичии аҳолӣ
українська: Густота населення
Tiếng Việt: Mật độ dân số
吴语: 人口密度
中文: 人口密度
Bân-lâm-gú: Jîn-kháu bi̍t-tō͘
粵語: 人口密度