Abort

Abort (lot. abortus — bola tashlash) — ayollarda homiladorlikning dastlab-ki 28 haftasida bachadondan homila tu-shishi, 28 haftadan ilgari tug‘ilgan bola yashamaydi. A. erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo chorala-ri ko‘rilmaganda bola tushishi) va ke-chikib (13 — 27 hafta ichida bola tushi-shi) sodir bo‘lishi mumkin. A. sun’iy va g‘ayriixtiyoriy A.ga bo‘linadi. Sun’iy A. (bola tushirish) ayolning o‘z istagi yoki sog‘lig‘iga qarab homiladorlikning 12-haftasiga qadar, tibbiy sabablar-ga ko‘ra esa bundan kechroq muddat-larda tug‘ruqxonalarda o‘tkaziladi. G‘ayriixtiyoriy A. (bola tashlash) saba-blari: 1) o‘tkir va yuqumli kasalliklar, mas, terlama, bezgak, brutsellyoz, zaxm va boshqa; 2) ona bilan homila qoni rezus fakto-rinnt mos kelmasligi (ona qonida rezus faktor manfiy, homilada esa musbat bo‘lishi); 3) umumiy kasalliklar (yurak, qon tomirlari, o‘pka va nafas a’zolari, buyrak, endokrin bez kasalliklari); 4) jinsiy a’zo kasalliklari (tuxumdon faoliyatining buzilishi); bunda sariq 5tana gormoni kam ishlanib chiqib, bacha-don muskullarini qisqartiruvchi omil-lar, jumladan follikulin kuchayib ke-tadi, natijada A. ro‘y beradi; 5) ichki jinsiy a’zolarning turli sabablar bilan yallig‘lanishi; 6) ayol tanosil a’zosining yetarli rivojlanmaganligi (infanti-lizm); 7) turli shikastlar (homiladorlik vaqtida yiqilish, og‘ir yuk ko‘tarish, lat yeyish va h.k.); homiladorning biror nar-sadan qattiq qo‘rqishi, hayajonlanishi. G‘ayriixtiyoriy A. homilaning bachadon-dan ko‘chish darajasiga qarab turlicha bo‘ladi. A. xavfi tug‘ilganda bel og‘rib, jinsiy a’zodan bir oz qon keladi, ba-chadon homila muddatiga nomuvofiq kattalashadi; to‘g‘ri davo qilinsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Boshlanayotgan A.da og‘riq sezilib, qon keladi, bachadon taranglashib; bunda ham homila tirik bo‘lsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Jadallashgan A. da laxta-laxta qon keladi, bachadon taran-glashadi, qisqaradi. Chala A.da homila butun chiqmay, uning ko‘chmagan qismlari bachadon ichida qolib, qon ko‘p ketadi, bachadon homiladorlik muddatiga nis-batan kichik bo‘ladi. To‘liq A. da homila butun tushadi; shunga ko‘ra qon kelishi tez to‘xtaydi, bachadon kichrayadi. Homila nobud bo‘lib, bachadon qisqarishi juda sust borsa, homilaning ajralishi va tu-shishi uzoq cho‘ziladi. Bunday hollarda bachadondan uzoq vaqtgacha qon ketadi (cho‘zilgan A.). Ba’zan homila bachadon de-voridan ko‘chadi-yu, lekin bachadon bo‘yni kanalining tashki teshigi yopiq bo‘lsa, bo‘yin kanalida to‘xtab qoladi (bachadon bo‘yniga bola tushishi). Ba’zan homila nobud bo‘lsa ham (bachadon qisqarmasa) tushmaydi. Atrofidagi suv shimi-lib, o‘zi bujmayib, mo‘miyosimon bo‘lib qoladi (yopishib qolgan A). A. ga infek-siya sabab bo‘lganda, infeksiya homilani zararlab, bachadon va boshqa jinsiy a’zo-lar hamda qorin pardasi yallig‘lanadi, homiladorning isitmasi ko‘tariladi. Septik A. da esa mikroblar ona organiz-miga qon orqali tarqaladi, bemorning ahvoli og‘ir bo‘ladi; o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, ona nobud bo‘lishi mumkin.O‘zbekistonda kasalxonalardan tashqarida abort qilish (jinoiy A.) taqiklanadi va jinoyat hisoblanadi. Ayolni A. ga majbur etgan shaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.Hayvonlarda bo‘g‘ozlikning bevaqt tug‘allanishi, bola tashlash. A.ning ke-lib chiqish sabablariga qarab yuqumsiz, yuqumli va invazion turlari bor. Yuqumsiz A. asosan, urg‘ochi hayvonlar jinsiy a’zosi funksiyasining buzili-shi va tashqi muhitning ta’siri (vita-min va mineral moddalari kam bo‘lgan, chirigan, mog‘orlagan, achigan yem-xashak yedirish, urilish, qisilish, og‘ir ishlar-da ishlatish kabi mexanik ta’sir) na-tijasida sodir bo‘lsa, yuqumli A. bru-sellyoz, trixomonoz va boshqa kasalliklar natijasida ro‘y beradi. Invazion A. esa piroplazmoz, gel-mintozlar natijasi-da organizmning zaharlanishi va zaifla-nishidan kelib chiqadi.Kurash choralari: chorva mollarini boqishda, sun’iy qochirishda, bo‘g‘ozlik davrida zootexnika va veterinariya qoidalariga to‘liq rioya qilish va h.k.Ad: Qodirova A. A., Akusherlik, T., 1994.Asolat Qodirova, Abdulla Quranboyev.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Afrikaans: Aborsie
aragonés: Alborto
العربية: إجهاض
مصرى: اجهاض
asturianu: Albuertu
azərbaycanca: Abort
башҡортса: Аборт
žemaitėška: Abuorts
беларуская: Аборт
беларуская (тарашкевіца)‎: Аборт
български: Аборт
বাংলা: গর্ভপাত
bosanski: Pobačaj
català: Avortament
کوردی: لەبەرچوون
čeština: Interrupce
Cymraeg: Erthyliad
dansk: Abort
Zazaki: Kurtaj
Ελληνικά: Έκτρωση
English: Abortion
Esperanto: Aborto
español: Aborto
eesti: Abort
euskara: Abortu
فارسی: سقط جنین
suomi: Abortti
føroyskt: Fosturtøka
français: Avortement
Frysk: Abortus
Gaeilge: Ginmhilleadh
galego: Aborto
Avañe'ẽ: Membykua
हिन्दी: गर्भपात
Fiji Hindi: Abortion
hrvatski: Pobačaj
Հայերեն: Վիժում
interlingua: Aborto
Ilokano: Alis
íslenska: Fóstureyðing
italiano: Aborto
ᐃᓄᒃᑎᑐᑦ/inuktitut: ᐃᓄᐃᑎᑦᑐᖅ
日本語: 妊娠中絶
Patois: Abaashan
Basa Jawa: Aborsi
ქართული: აბორტი
Kabɩyɛ: Hɔɔ lɩzɩɣ
қазақша: Аборт
한국어: 낙태
Кыргызча: Аборт
Latina: Abortus
Lëtzebuergesch: Ofdreiwung
Limburgs: Abortus
lumbaart: Abort
lietuvių: Abortas
latviešu: Aborts
मैथिली: गर्भपतन
Malagasy: Fanalan-jaza
македонски: Абортус
മലയാളം: ഗർഭഛിദ്രം
монгол: Аборт
मराठी: गर्भपात
Bahasa Melayu: Pengguguran
Malti: Abort
नेपाली: गर्भपतन
Nederlands: Abortus
norsk nynorsk: Abort
norsk: Abort
Chi-Chewa: Kuchotsa mimba
occitan: Avortament
ଓଡ଼ିଆ: ଗର୍ଭପାତ
ਪੰਜਾਬੀ: ਗਰਭਪਾਤ
Kapampangan: Abortion
polski: Aborcja
Piemontèis: Abòrt
پنجابی: ابورشن
português: Aborto
Runa Simi: Sulluchiy
română: Avort
русский: Аборт
русиньскый: Аборт
srpskohrvatski / српскохрватски: Abortus
සිංහල: ගබ්සාව
Simple English: Abortion
slovenčina: Interrupcia
slovenščina: Splav
chiShona: Kubvisa nhumbu
српски / srpski: Побачај
svenska: Abort
Kiswahili: Utoaji mimba
తెలుగు: గర్భస్రావం
Türkmençe: Abort
Tagalog: Pagpapalaglag
Türkçe: Kürtaj
татарча/tatarça: Аборт
українська: Аборт
Tiếng Việt: Phá thai
Winaray: Punit
ייִדיש: אבארטאציע
Yorùbá: Ìṣẹ́yún
中文: 堕胎
Bân-lâm-gú: Thu̍t-the
粵語: 落仔