AQSh dollari

AQSH dollari
United States dollar
USDnotes.png
ISO 4217:USD yoki US$
Davlat nomi:AQSh dollari AQSH
Simvol:$

Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786 yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002 y. 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966 yil fevralda Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D.= 1,97 Avstraliya D.; 3) Kanada pul birligi. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama, Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya, Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul birliklari ham D. deb ataladi.[1]

AQSh dollariAQSh milliy pul birligi.

Tarix

Dollar so’zi o’rta asrlardagi dastlab 1519 yilda Germaniyada paydo bo’lgan tanga nomi “Taller”dan kelib chiqqan. 1873 yilda taller Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning o’rniga marka kirib keldi. Biroq uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O’sha paytlarda Angliya va Ispaniya koloniyalarida peso nomi bilan mashhur bo’lgan ispan tangalari muomalada bo’lgan. Bu tangalarni ko’p joylarda adashgan holda “dalar” deb atashar edi. Bizga mashhur bo’lgan dollar nomi ham uning dunyoga mashhur belgisi dollar ham o’sha paytda paydo bo’lgan. Uzun inglizcha ibora “piese of Eight”, ya’ni 1/8 (nimchorak) qog’ozda o’chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo’lgan dollar belgisi paydo bulgan.

1879 yilda AQSh hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog’ida unga hech ikkilanmay hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan dollar nomini tanlashdi. O’sha paytda mashhur shaxslardan biri “Yangi Amerika o’zining yangi puliga juda eski nom tanladi” - degan edi. 1792 yilda muomalada bo’lgan AQSh pulining tarkibidagi sof oltin miqdori 1,6033 gr yoki 24,057 gr sof kumushdan tarkib topgan edi. 80 yillardan so’ng, ya’ni 1876 yilda mazkur oltin tangalar davlatning rasmiy pul birligi sifatida tan olingandan so’ng uning tarkibidagi sof oltin miqdori 1,50463 gr qilib belgilandi. Bu miqdor AQShda yana 30 yil, 1929-33 yillardagi jaxon iktisodiy krizisigacha amalda bo’ldi. Shu alfozda qabul qilingan “oltin zahirasi” haqidagi hujjatga binoan, tilla miqdori 0,88867 gr.ga, ya’ni 41 foizga tushirildi.

Shu paytda Troya unsiyasining narxi 35 dollar edi. II-jahon urushidan keyin AQSh dunyodagi hukmronligini mustahkamlanishi bilan dollarning dunyodagi o’rni ham asta-sekin bilinib bordi. Marshal shartnomasiga asosan, vayrona holga kelgan Yevropaga AQSh investitsiyasi bilan birgalikda dollarning yirik oqimi ham kirib kela boshladi. Urush tufayli achinarli axvolga tushib qolgan Yevropada dollarning keng iste’molga kirishi qiyin kechmadi. Shu paytda Yevropaning markaziy banklarida dollarni istalgan Yevropa davlati pul birligiga yoki kelishilgan miqdordagi oltinga almashtirib olish mumkin edi. Biroq XX asrning 60-yillari o’rtalariga kelib, dollarning kadri tushib keta boshladi. Inflyatsiyaning o’sishi va AQSh savdo balansidagi tanqislik navbatdagi dollar deval’vatsiyasini keltirib chiqardi. 1971 yilning oxirida oltinning bir unsiyasi 38 dollarga chiqdi. Dollarning tarkibidagi oltin miqdori esa umuman to’xtatildi. 1973 yillar yana 10 foizga deval’vatsiya qilindi. 1974 yilning fevraliga kelib, oltinning bir unsiyasi dunyoning yirik birjalarida 150 dollarga ko’tarildi. Hozirgi kunda bu ko’rsatkich 260 dollarni tashkil etadi. 100 yil mobaynida dollar 10 barobar arzonlashdi. Ammo oltin standartidan voz kechilgan paytda dollar yer yuzining ko’pchilik aholisini ishonchini qozongan edi. Ko’plab davlatlarning norasmiy pullariga aylanib qoldi. Oxirgi yillarda esa Janubiy Amerika davlatlarining ko’pchiligida dollar asosiy pul o’rnida qo’llanilmoqda.

AQShdan boshqa yana 26 davlat pul birligi dollar nomi bilan yuritiladi. Zamonaviy “dollarchi” davlatlarning katta qismini Britaniya imperiyasidan mustaqil bo’lgandan so’ng qabul qilishgan. 1857 yilda Kanada Britaniya koloniyasidan domin’oniga aylangan vaqtdan boshlab, bu davlatning rasmiy pul birligiga aylandi. Shuning uchun ham hozirgi paytda zamonaviy Kanada banknotlarida ham Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni portreti aks etgan. Oxirgi muomalaga kiritilgan dollarlardan biri - bu Singapur dollaridir. 1967 yilda keng muomalaga kiritilgan ushbu banknotlar qushlar, kemalar, gullar va boshqa narsalar bilan bezatilgan. Bu pul dunyo pullari ichida ham eng chiroyli bo’lishiga da’vogarlik qiladi. Lekin zamonaviy AQSh dollarlari esa hamon XX asr boshidagi tasvirini o’zgartirganicha yo’q. Old qismi kulrang, orqasi yashil. Barcha banknotlar bir xil o’lchamda (157x67 mm). XX asr oxiriga kelib, pul qalbakilashtirish avjiga chiqqan paytda dollarning sodda ko’rinishi davr talabiga javob berolmay qoldi. Yaqin-yaqingacha pulni qalbakilashtirish juda oson edi. 1996 yilda chiqqan dollarning yangi nusxasi firibgarlar uchun jiddiy sinov bo’ldi.

Other Languages
Alemannisch: US-Dollar
العربية: دولار أمريكي
azərbaycanca: ABŞ dolları
башҡортса: АҠШ доллары
Boarisch: US-Dollar
žemaitėška: JAV duoleris
беларуская: Долар ЗША
беларуская (тарашкевіца)‎: Амэрыканскі даляр
български: Щатски долар
भोजपुरी: अमेरिकी डालर
বিষ্ণুপ্রিয়া মণিপুরী: ইউ এস ডলার
bosanski: Američki dolar
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Mī-gĭng
нохчийн: АЦШ доллар
čeština: Americký dolar
словѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟ: Амєрїканьскъ доларъ
Чӑвашла: АПШ долларĕ
Deutsch: US-Dollar
Ελληνικά: Δολάριο ΗΠΑ
Esperanto: Usona dolaro
eesti: USA dollar
Nordfriisk: US-Dooler
贛語: 美金
kriyòl gwiyannen: Dollar amériken
Avañe'ẽ: Dólar
客家語/Hak-kâ-ngî: Mî-kîm
hrvatski: Američki dolar
հայերեն: ԱՄՆ դոլար
interlingua: Dollar statounitese
Bahasa Indonesia: Dolar Amerika Serikat
íslenska: Bandaríkjadalur
Jawa: Dolar AS
Адыгэбзэ: АШЗ-м и доллар
қазақша: АҚШ доллары
한국어: 미국 달러
къарачай-малкъар: АБШ-ны доллары
Кыргызча: АКШ доллары
Lëtzebuergesch: US-Dollar
latviešu: ASV dolārs
Māori: USD
македонски: Американски долар
Bahasa Melayu: Dolar Amerika Syarikat
Mirandés: Dólar amaricano
မြန်မာဘာသာ: အမေရိကန်ဒေါ်လာ
Plattdüütsch: US-Dollar
Nederlands: Amerikaanse dollar
norsk nynorsk: US-dollar
پنجابی: امریکی ڈالر
Runa Simi: Amirikanu dollar
rumantsch: Dollar american
română: Dolar american
русский: Доллар США
русиньскый: США долар
саха тыла: АХШ дуоллара
davvisámegiella: USA dollár
srpskohrvatski / српскохрватски: Američki dolar
Simple English: United States dollar
slovenčina: Americký dolár
slovenščina: Ameriški dolar
српски / srpski: Амерички долар
тоҷикӣ: Доллари ИМА
Türkmençe: Dollar
татарча/tatarça: АКШ доллары
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: ئامېرىكا دولىرى
українська: Долар США
vepsän kel’: AÜV:oiden dollar
Tiếng Việt: Đô la Mỹ
吴语: 美圓
中文: 美元
文言: 美金
Bân-lâm-gú: Bí-kim
粵語: 美金
isiZulu: IDola