Millatchilik | turlanishi

Turlanishi

Oldinga qoʻyilgan va hal etilayotgan masalalarning mohiyatiga qarab, zamonaviy dunyoda bir nechta turdagi milliy harakatlar shakllanmoqda. Siyosiy va etnik millatchilik tushumchlarini kiritgan Hans Konning klassifikatsiyasi eng keng qoʻllaniladi.[5] Koʻpchilik mutaxassislar (Konning oʻzi ham) har bir shakllangan millat bu ikkita komponentni oʻzida mujassam etadi, deb hisoblashadi.

Vatandoshlik (fuqarolik) millatchiligi (boshqa nomlari: inqilobiy-demokratik, siyosiy, gʻarb millatchiligi) davlat legitimligi fuqarolarning siyosiy qarorlarni qabul qilishda faol ishtiroki bilan belgilanadi. Millat irodasini aniqlashning asosiy instrumenti saylovlar, referendum, soʻrov, ochiq ijtimoiy bahs shaklida boʻlishi mumkin boʻlgan plebissit sanaladi. Insonning millatga mansubligi shaxsiy tanlov asosida aniqlanadi va fuqarolik bilan tenglashtiriladi. Odamlarni ularning fuqarolar sifatidagi teng siyosiy statusi, qonun oldidagi tenglik, millatning siyosiy hayotida ishtirok etish shaxsiy xohishlari[6], umumiy siyosiy qadriyatlarga va fuqaroviy madaniyatga talpinish birlashtiradi[7]. Millat bir biri bilan bitta hududda yashshni istaydiganlardan tashkil topishi muhim sanaladi.[8]

Vatandoshlik (fuqarolik) millatchiligining quyidagi turlarini ajratishadi:

Davlat millatchiligi millatni oʻz manfaatlarini davlatning qudratini oshirishga va qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirgan insonlar hosil qiladi, deb hisoblaydi. U jinsiy, irqiy va etnik mansublik bilan bogʻliq mustaqil haq-huquqlarni tan olmaydi, chunki bunfay muxtoriyat millatning birligini buzadi, deb hisoblaydi.

Liberal millatchilik liberal qadriyatlarga urgʻu beradi va patriotik-axloqiy kategoriyalardan ustun turadigan inson huquqlari kabi umuminsoniy qadriyatlar mavjudligini eʼtirof etadi. Liberal millatchilik yaqinroq va qadrliroq boʻlganlar uchun prioritetlarni inkor etmaydi, lekin bu birovlarning hisobiga boʻlishi kerak emas, deb hisoblaydi.

Etnik millatchilik (boshqa nomlari: madaniy-etnik, organik, romantik, Sharq millatchiligi) millatni etnosning rivojlanish fazasi deb biladi va qisman oʻzini fuqaroviy millatchilikka qarshi qoʻyadi. Bugungi kunda „millatchi“ deb etnik millatchilikka urgʻu beradigan harakatlar ataladi. Etnik millatchilik nuqtai nazaridan, millat aʼzolarini umumiy meʼros, til, din, anʼanalar, tarix, bitta qon, ona yerga hissiy bogʻliqlik birlashtiradi, va ular hammasi butun xalqni, qoni bir jamiyatni tashkil qilishadi.[9] Madaniy anʼanalar va etnik mansublik millatchilikning asosini tashkil etishi uchun ular jamiyatga mayoq boʻla oladigan hamma qabul qilgan tasavvurlarni oʻzida mujassam etishi lozim.

Madaniy millatchilik millatni til, urf-odatlar va madaniyat umumiyligi bilan belgilaydi. Davlatning legitimligi uning millatni himoya qilish va millatning madaniy hamda jamoat hayotini rivojlantirish qobiliyatidan kelib chiqadi. Odatda, bu etnik koʻpchilikning tilini va madaniyatini davlat qoʻllab-quvvatlashini hamda millatning bir tusligini saqlash uchun etnik ozchiliklarning assimilyatsiyasini nazarda tutadi.

Primordial etnik millatchilik millat umumiy haqiqiy yoki taxmin qilinayotgan kelib chiqishga asoslangan, deb taʼkidlaydi. Millatga mansublik maʼlum genetik faktoralar (qon) bilan aniqlanadi. Ushbu shaklining tarafdorlari milliy oʻzini oʻzi taʼriflash qadimgi etnik tomirlarga ega va shuning uchun tabiiy tus olgan, deb hisoblaydilar. Ular etnik koʻpchilik madaniyatining boshqa guruhlardan izolyatsiyasini yoqlashadi va assimilyatsiyani maʼqullashmaydi.

Keskin millatchilik koʻpincha ekstremizm bilan bogʻlanadi va ichki yoki xalqaro nizolarga olib keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda keskin millatchilik rasmiy tarzda ijtimoiy xavfli hodisa deb taʼn olinadi. Radikal davlat millatchiligi fashizm va natsizm asoslarini tashkil etadi. Koʻp etnik millatchilar milliy ustunlik (shovinizm) hamda madaniy va diniy toqatsizlik gʻoyalarini qoʻllashadi (ksenofobiya). Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi va Irqiy diskriminatsiyasining hamma shakllarini yoʻqotish haqidagi konvensiya kabi hujjatlarda etnik diskriminatsiya (kamsitilish) qoralanadi va qonunga zid deb eʼlon qilingan.

Other Languages
Afrikaans: Nasionalisme
Alemannisch: Nationalismus
አማርኛ: ብሔርተኝነት
aragonés: Nacionalismo
العربية: قومية
অসমীয়া: জাতীয়তাবাদ
asturianu: Nacionalismu
azərbaycanca: Millətçilik
башҡортса: Милләтселек
žemaitėška: Naciuonalėzmos
беларуская: Нацыяналізм
беларуская (тарашкевіца)‎: Нацыяналізм
български: Национализъм
brezhoneg: Broadelouriezh
bosanski: Nacionalizam
català: Nacionalisme
нохчийн: Национализм
čeština: Nacionalismus
Deutsch: Nationalismus
Ελληνικά: Εθνικισμός
English: Nationalism
Esperanto: Naciismo
español: Nacionalismo
eesti: Rahvuslus
euskara: Nazionalismo
estremeñu: Nacionalismu
føroyskt: Nationalisma
français: Nationalisme
galego: Nacionalismo
עברית: לאומיות
हिन्दी: राष्ट्रवाद
Fiji Hindi: Rastryawaad
hrvatski: Nacionalizam
Bahasa Indonesia: Nasionalisme
Ilokano: Nasionalismo
italiano: Nazionalismo
Patois: Nashinalizim
Basa Jawa: Nasionalisme
қазақша: Ұлтшылдық
한국어: 내셔널리즘
къарачай-малкъар: Миллетчилик
Ladino: Nasionalizmo
Limburgs: Nationalisme
lumbaart: Naziunalism
lietuvių: Nacionalizmas
latviešu: Nacionālisms
македонски: Национализам
മലയാളം: ദേശീയത
Bahasa Melayu: Nasionalisme
Mirandés: Nacionalismo
မြန်မာဘာသာ: အမျိုးသားရေးဝါဒ
مازِرونی: ناسیونالیسم
नेपाल भाषा: राष्ट्रवाद
Nederlands: Nationalisme
norsk nynorsk: Nasjonalisme
occitan: Nacionalisme
ਪੰਜਾਬੀ: ਕੌਮਪ੍ਰਸਤੀ
polski: Nacjonalizm
Piemontèis: Nassionalism
پنجابی: نیشنلزم
português: Nacionalismo
rumantsch: Naziunalissem
română: Naționalism
русский: Национализм
русиньскый: Націоналізм
саха тыла: Национализм
sicilianu: Nazziunalismu
davvisámegiella: Nationalisma
srpskohrvatski / српскохрватски: Nacionalizam
Simple English: Nationalism
slovenčina: Nacionalizmus
slovenščina: Nacionalizem
српски / srpski: Национализам
svenska: Nationalism
Kiswahili: Utaifa
Türkçe: Milliyetçilik
татарча/tatarça: Милләтчелек
тыва дыл: Национализм
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: مىللەتچىلىك
українська: Націоналізм
Tiếng Việt: Chủ nghĩa dân tộc
Winaray: Nasyonalismó
მარგალური: ნაციონალიზმი
中文: 民族主義
Bân-lâm-gú: Bîn-cho̍k-chú-gī
粵語: 民族主義