Millatchilik | millatchlikni oʻrganishdagi yoʻnalishlar

Millatchlikni oʻrganishdagi yoʻnalishlar

Millatchilikni tadqiq etishda uchta maktab ajratiladi: primordializm, modernizm va etnosimvolizm.

Primordializm millatlarning prototiplari va millatchilik insoniyat tarixining boshlanishidanoq mavjud boʻlganliklarini va bir etnik guruhga mansub odamlarga xulqini belgilaydigan madaniy xususiyatlar boshidanoq va toabad xos boʻlishini taʼkidlaydi[24]. Primordializmning maqsadi allla-qanday „haqiqiy“ etnik poydevorni topishdir. Bugungi kunda millatchilik tadqiqodchilari orasida primordializm tarafdorlari deyarli qolmagan. Izlanishlar koʻrsatmoqdaki, haqiqatdan ham qadimiy anʼanalar mavjud emas va madaniy meʼyorlar hamda qadriyatlarning kuchliligi ularni shakllantiradigan ijtimoiy institutlarning qanchalik uzoq saqlanishi bilan bogʻliq[20].

Modernizm nuqtai nazaridan millatlar va millatchilik — sanoat erasining boshlanishida paydo boʻlgan va davlatlarning kuchayishi hamda kapitalizmning rivojlanishi bilan bogʻliq tarixiy hodisalar[25]. Ushbu nazariyaga koʻra, davlatning aholini toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarishi kuchayishi bilan madaniyat va turmush yanada koʻproq yashash mamlakatiga bogʻlib qoldi. Aloqa texnologiyalari va bozor rivoji bir biri bilan hech qachon bevosita muloqot qilmagan odamlar orasida ijtimoiy aloqalar paydo boʻlishiga xizmat qildi. Bu yoʻnalishning tarafdorlari etnik mansublik millatchilikning kelib chiqishida, madaniyat esa millat shakllanishining yakunlovchi bosqichida rol oʻynashini inkor etmaydilar, lekin umuman millatchilikning etnik mansublik bilan bogʻliqligini tasodif deb biladilar. Ular milliy mansublik aniq belgilangan hudud ostida nazoratini amalga oshiruvchi zamonaviy davlat bilan belgilanadi, mavjud etnik munosabatlar esa davlat chegaralariga toʻgʻri kelishi uchun yoki, aksincha, hokimiyat uchun kurashda yangi davlatlarning shakllanishiga xizmat qilishlari uchun qayta koʻrib chiqiladi.

Etnosimvolizm (perennializm) iqtisod bilan birga millatchilikning oʻzagi etnik mansublikdir ham, degan nuqtai nazarni eʼtirof etadi. Etnosimvolistlar millatni tabiiy tuzilma deb hisoblamasa-da, ular uning asosida nisbatan qadimiy tarix va milliy oʻzlikni anglash yotadi, deb hisoblaydilar[7]. Ushbu nazariyaga koʻra, hali sanoat davridan oldin madaniyatning umumiy elementlari, tarixiy xotiralar, ajdodlar haqidagi miflar bilan va maʼlum bir darajada birdamlikka ega koʻplab etnik hamjamiyatlar vujudga kelgan. Etnik hududlarning chegaralari aniq belgilangan emas edi. Etnik hamjamiyatlar mustahkam, negaki miflar, ramzlar, xotiralar va qadriyatlar sekin oʻzgaradigan madaniyat va faoliyat elementlari bilan birga keladi. Bu hamjamiyatlarning baʼzilari madaniy-iqtisodiy integratsiyaning yangi bosqichiga oʻtishdi, maʼlum bir tarixiy hududga bogʻlanib qoldi hamda oʻziga xos qonun va urf-odatlarga ega boʻlishdi — yaʼni millatlarga aylanishdi. XVIII asrning oxirida millatchilik gʻoyasining paydo boʻlishi esa millatlar sifatini va shakllarini keskin oʻzgartirib yubordi.

Rossiyalik olim A. I. Millerning fikriga koʻra, oxirgi oʻn yilliklardagi millatchilikning barcha nazariy tadqiqotlari ozmi-koʻp Karl Doychning asarlariga tayanadi[26].

Other Languages
Afrikaans: Nasionalisme
Alemannisch: Nationalismus
አማርኛ: ብሔርተኝነት
aragonés: Nacionalismo
العربية: قومية
অসমীয়া: জাতীয়তাবাদ
asturianu: Nacionalismu
azərbaycanca: Millətçilik
башҡортса: Милләтселек
žemaitėška: Naciuonalėzmos
беларуская: Нацыяналізм
беларуская (тарашкевіца)‎: Нацыяналізм
български: Национализъм
brezhoneg: Broadelouriezh
bosanski: Nacionalizam
català: Nacionalisme
нохчийн: Национализм
čeština: Nacionalismus
Deutsch: Nationalismus
Ελληνικά: Εθνικισμός
English: Nationalism
Esperanto: Naciismo
español: Nacionalismo
eesti: Rahvuslus
euskara: Nazionalismo
estremeñu: Nacionalismu
føroyskt: Nationalisma
français: Nationalisme
galego: Nacionalismo
עברית: לאומיות
हिन्दी: राष्ट्रवाद
Fiji Hindi: Rastryawaad
hrvatski: Nacionalizam
Bahasa Indonesia: Nasionalisme
Ilokano: Nasionalismo
italiano: Nazionalismo
Patois: Nashinalizim
Basa Jawa: Nasionalisme
қазақша: Ұлтшылдық
한국어: 내셔널리즘
къарачай-малкъар: Миллетчилик
Кыргызча: Улутчулдук
Ladino: Nasionalizmo
Limburgs: Nationalisme
lumbaart: Naziunalism
lietuvių: Nacionalizmas
latviešu: Nacionālisms
македонски: Национализам
മലയാളം: ദേശീയത
Bahasa Melayu: Nasionalisme
Mirandés: Nacionalismo
မြန်မာဘာသာ: အမျိုးသားရေးဝါဒ
مازِرونی: ناسیونالیسم
नेपाल भाषा: राष्ट्रवाद
Nederlands: Nationalisme
norsk nynorsk: Nasjonalisme
occitan: Nacionalisme
ਪੰਜਾਬੀ: ਕੌਮਪ੍ਰਸਤੀ
polski: Nacjonalizm
Piemontèis: Nassionalism
پنجابی: نیشنلزم
português: Nacionalismo
rumantsch: Naziunalissem
română: Naționalism
русский: Национализм
русиньскый: Націоналізм
саха тыла: Национализм
sicilianu: Nazziunalismu
davvisámegiella: Nationalisma
srpskohrvatski / српскохрватски: Nacionalizam
Simple English: Nationalism
slovenčina: Nacionalizmus
slovenščina: Nacionalizem
српски / srpski: Национализам
svenska: Nationalism
Kiswahili: Utaifa
Türkçe: Milliyetçilik
татарча/tatarça: Милләтчелек
тыва дыл: Национализм
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: مىللەتچىلىك
українська: Націоналізм
Tiếng Việt: Chủ nghĩa dân tộc
Winaray: Nasyonalismó
მარგალური: ნაციონალიზმი
中文: 民族主義
Bân-lâm-gú: Bîn-cho̍k-chú-gī
粵語: 民族主義